Hodimlar

Politexnikum hodimlari, yuqori malakali o‘qituvchilar va tajribali ma’muriyat tashkil etadi. Ular ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda talabalar rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Rahbariyat

Politexnikum rahbariyati — ta’lim sifati, innovatsion yondashuv va yosh avlod kelajagi uchun mas’ul fidoyi mutaxassislar jamoasidir.
Ularning tajribasi va rahbarlik salohiyati muassasa rivojining asosiy tayanchidir.

Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumi direktori

Numanov Ziyodbek Bahodirjonovich 1987 yil 19 dekabrda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. 2006 yilda Pop tumani Gurumsaroy Iqtisodiyot kollejini, 2013 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini (kunduzgi), 2020 yilda esa O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha islomshunos, tarixchi, huquqshunos va iqtisodchi. Rus, ingliz va arab tillarini boshlang‘ich darajada biladi.

2013–2014 yillarda Pop tumani 47-son maktabida o‘qituvchi, 2014–2017 yillarda shu maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020–2022 yillarda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi magistranti bo‘lgan. 2023 yildan Dang‘ara tuman 1-son kasb-hunar maktabida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2025 yildan boshlab esa Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumi direktori (vaqtincha vazifasini bajaruvchi) sifatida faoliyat olib bormoqda.

direktor image

Numanov Ziyodjon Bahodirjonovich

Islomshunos , Tarixchi

Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Qułmatov Shuhratjon Sharifovich 1978 yil 2 sentabrda Farg‘ona viloyati, Frunze tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. 2009 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutining maxsus-sirtqi bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-pedagog. Rus tilini biladi. Ilmiy darajasi va unvoni yo‘q, davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan.

1997–2003 yillarda Dang‘ara tumanidagi “Dang‘aranon” matlubot hissadorlik jamiyatida chilangar, 2003–2006 yillarda shu jamiyatda mexanik lavozimida ishlagan. 2006–2011 yillarda Dang‘ara sanoat kasb-hunar kollejida ishlab chiqarish ta’limi ustasi, 2011–2016 yillarda esa shu kollejda maxsus fan o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2016–2019 yillarda ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2020 yildan esa Dang‘ara tuman 1-son politexnikumida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Pedagog image

Qułmatov Shuhratjon Sharifovich

Muhandis-pedagog

O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Raximberdiyev Azizjon Ubaydullaevich 1980 yil 21 noyabrda Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. 2002 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining kunduzgi bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha matematika va informatika yo‘nalishida oliy ma’lumotli. Ingliz tilini boshlang‘ich darajada biladi, harbiy (maxsus) unvoni yo‘q. Ilmiy darajasi va unvoni yo‘q, davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan.

2002–2007 yillarda Dang‘ara sanoat kasb-hunar kollejida matematika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2008–2017 yillarda Dang‘ara agrosanoat kasb-hunar kollejida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2017–2020 yillarda shu kollej direktori sifatida ishlagan. 2020–2023 yillarda Dang‘ara tuman 1-son kasb-hunar maktabida o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borgan. 2023 yildan hozirgi kunga qadar Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman 1-son politexnikumida o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Math teacher image

Raximberdiyev Azizjon Ubaydullaevich

Matematika , Informatika
O'qituvchilar

Ertangi ta’limni shakllantirishga yordam beruvchi ustozlar

Bizning ustozlarimiz talabalarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi hamda ularni kelajakda muvaffaqiyatli yetakchilarga aylanishiga ko'maklashadi !

Vice Principal

Ro'zmatov Akmaliddin

Ijtimoiy va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri

Ro'zmatov Akmaliddin talabalar bilan ancha yillardan buyon ishlab kelmoqda, ta'lim jarayoniga hamda o‘quv sifatini oshirishga ancha yillardan buyon mehnati singgan fidoyi xodimlardan biri.

Academic Coordinator

Abdusalomov Dilshodjon

Kuchli tajriba va mahoratga ega pedagog

Abdusalomov Dilshodjon zamonaviy texnologiyalar va kompyuter dasturlari bilan judayam ilg'or ishlay oladigan mahoratli ustozlardan biri

Student Affairs

Jo'rayeva Dilafruzxon

Matematika fanlari bo'yicha mutaxasis

Jo'rayeva Dilafruzxon matematika bo'yicha talabalarga tajriba va bilimlari doimiy bo'lishib boradi. Darsdan tashqari talabalarga matematika fanlaridan to'garaklar tashkil qilgan

Curriculum Head

Mirzayeva Gulbahor

Tillar kafedrasi mudiri

Mirzayeva Gulbahor ona tili va adabiyot bo'yicha kuchli tajribaga ega fidoyi ustozlardan. Shogirdlari fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni egallab kelmoqda.

Operations Manager

Qurbonov Dostonbek

IT sohasi bo'yicha mutaxasis

Qurbonov Dostonbek hozirgi kundagi zamonaviy texnologiyalar bilan ilg'or ishlaydigan va shogirdlarini IT sohasi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini doimiy bo'lishib boradigan ustozlardan biri

Admissions Director

Temirova Yulduzxon

Elektron kutubxona bosh mutaxasis

Temirova Yulduzxon politexnikum kutubxonasi uchun judayam katta hissasini qo'shgan va doimiy talabalarni o'z sohalari bo'yicha rivojlantiruvchi kitoblarga qiziqtirib kelmoqda.

Ustozlarning tamoyillari

Bizning ustozlarimiz, adolat, innovatsiya va yuksak natija prinsiplari bilan harakat qiladi. Ular talabalarni zamonaviy bilimlar bilan ta’minlab, kelajakdagi muvaffaqiyatli yetakchilarga aylanishlariga yordam beradi.

Innovatsiyaga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvi
Talaba markazli rahbarlik amaliyotlari
Doimiy takomillashuv ruhiyati