Kelajagingiz uchun hozirdan o'qing !

Bilim – kelajak kaliti. Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumida biz yoshlarni ilm, texnologiya va kasb sirlarini mukammal o‘rganishga, Vatan ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lishga undaymiz. Ta’lim – hayotni o‘zgartiruvchi kuch!

yangi

2025-yil yozgi qabul boshlandi – Erta qabul muddati 1-Iyul

90% Bitiruvchilar Muvaffaqiyatli

14:1 Talaba-O'qituvchi

Xalqaro hamjamiyat

Aqlni yuksaltirib, kelajakni quramiz !

O‘n yildan ortiq vaqtdan beri talabalarni doimiy o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyatga tayyorlaydigan yuqori sifatli ta’lim bilan ta’minlaymiz. Bizning innovatsion yondashuvimiz an’anaviy akademik mukammallikni zamonaviy texnologiyalar va shaxsiylashtirilgan o‘quv tajribalari bilan uyg‘unlashtiradi

1,000+
Qabul qilingan talabalar
50%
Bitiruv ko‘rsatkichi
64
Tajribali o‘qituvchilar

"Bizning maqsadimiz — intellektual qiziqishni, tanqidiy fikrlashni va umrbod ta’limni rivojlantirishdir. Shu bilan birga, o‘z jamoasi va butun dunyoga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan rahbarlarni tarbiyalashni ko‘zlaymiz."

Batafsil ma’lumot
Campus Overview
5+
Sifatli ta’lim yillari

Talabalar

Politexnikumning eng faol va ijodkor qismini birlashtiruvchi bo‘lim bo‘lib, o‘quvchilarning bilim, tashabbus va iqtidorlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu bo‘limda yoshlar nafaqat ta’lim, balki madaniy, sport va ijtimoiy loyihalarda ham faol ishtirok etadilar.

Talabalar — kelajagimizning poydevori !

Talabalarimiz bilim, ijod va yetakchilik orqali kelajakning poydevorini qurishmoqda. Ular jamoaviy loyihalarda faol ishtirok etib, yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq qilmoqda.

50+ Talabalar tashkilotlari
100+ Yillik tadbirlar
Campus Life
Student Activities
Talabalar tadbirlari
Academic Excellence
Ta’lim jarayoni
Leadership Programs
Talabalar bilan sayohat

Dang‘ara 1-son Politexnikumi o‘quvchilari turli teatr sahnalariga sayohat uyushtirib, madaniy hordiq chiqardilar. Ushbu tashriflar yoshlarning san’atga qiziqishini oshirish va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Cultural Events
Madaniy xilma-xillik

Politexnikumda madaniy xilma-xillikka bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilib, unda o‘quvchilar turli millatlarning urf-odatlari, kiyimlari va taomlari bilan tanishib, o‘zaro hurmat va do‘stlik ruhini mustahkamlashdi.

Innovation Hub
Innovatsiyalar markazi

Politexnikumda faoliyat yuritayotgan Innovatsiyalar markazi o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar, dasturlash va startap loyihalar ustida ishlash imkoniyatini yaratib, ularning ijodiy va texnik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Rahbariyat

Politexnikum rahbariyati — ta’lim sifati, innovatsion yondashuv va yosh avlod kelajagi uchun mas’ul fidoyi mutaxassislar jamoasidir.
Ularning tajribasi va rahbarlik salohiyati muassasa rivojining asosiy tayanchidir.

Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumi direktori

Numanov Ziyodbek Bahodirjonovich 1987 yil 19 dekabrda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. 2006 yilda Pop tumani Gurumsaroy Iqtisodiyot kollejini, 2013 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini (kunduzgi), 2020 yilda esa O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha islomshunos, tarixchi, huquqshunos va iqtisodchi. Rus, ingliz va arab tillarini boshlang‘ich darajada biladi.

2013–2014 yillarda Pop tumani 47-son maktabida o‘qituvchi, 2014–2017 yillarda shu maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020–2022 yillarda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi magistranti bo‘lgan. 2023 yildan Dang‘ara tuman 1-son kasb-hunar maktabida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2025 yildan boshlab esa Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumi direktori (vaqtincha vazifasini bajaruvchi) sifatida faoliyat olib bormoqda.

direktor image

Numanov Ziyodjon Bahodirjonovich

Islomshunos , Tarixchi

Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Qułmatov Shuhratjon Sharifovich 1978 yil 2 sentabrda Farg‘ona viloyati, Frunze tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. 2009 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutining maxsus-sirtqi bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-pedagog. Rus tilini biladi. Ilmiy darajasi va unvoni yo‘q, davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan.

1997–2003 yillarda Dang‘ara tumanidagi “Dang‘aranon” matlubot hissadorlik jamiyatida chilangar, 2003–2006 yillarda shu jamiyatda mexanik lavozimida ishlagan. 2006–2011 yillarda Dang‘ara sanoat kasb-hunar kollejida ishlab chiqarish ta’limi ustasi, 2011–2016 yillarda esa shu kollejda maxsus fan o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2016–2019 yillarda ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2020 yildan esa Dang‘ara tuman 1-son politexnikumida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Pedagog image

Qułmatov Shuhratjon Sharifovich

Muhandis-pedagog

O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Raximberdiyev Azizjon Ubaydullaevich 1980 yil 21 noyabrda Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, partiyaviyligi yo‘q. 2002 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining kunduzgi bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha matematika va informatika yo‘nalishida oliy ma’lumotli. Ingliz tilini boshlang‘ich darajada biladi, harbiy (maxsus) unvoni yo‘q. Ilmiy darajasi va unvoni yo‘q, davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan.

2002–2007 yillarda Dang‘ara sanoat kasb-hunar kollejida matematika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2008–2017 yillarda Dang‘ara agrosanoat kasb-hunar kollejida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2017–2020 yillarda shu kollej direktori sifatida ishlagan. 2020–2023 yillarda Dang‘ara tuman 1-son kasb-hunar maktabida o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borgan. 2023 yildan hozirgi kunga qadar Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman 1-son politexnikumida o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Math teacher image

Raximberdiyev Azizjon Ubaydullaevich

Matematika , Informatika

So'ngi Yangiliklar

Politexnikumda bo‘lib o‘tgan eng so‘nggi voqealar, tadbirlar va yutuqlar bilan tanishish imkonini beradi. Bu yerda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va muassasa hayotidagi muhim yangiliklar muntazam yoritib boriladi.

lastest news image

Tojikiston dar shaxri Isfara oliygoxi raxbari X.D. Abdulloev bilan xamkorlikda shartnoma imzolandi.

10.06.2025 yil kuni Dang'ara tuman 1-son politexnikumi rahbari Numanov Z va Tojikiston Respublikasi filyali donishgohi texnologi Tojikiston dar shaxri Isfara oliygoxi raxbari X.D. Abdulloev bilan xamkorlikda shartnoma imzolandi.

Ko'proq o'qish
lastest news image

Numanov Z. va X.D. Abdulloev birgalikda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

10.06.2025 yil kuni Dang'ara tuman 1-son politexnikumi rahbari Numanov Z va Tojikiston Respublikasi filyali donishgohi texnologi Tojikiston dar shaxri Isfara oliygoxi raxbari X.D. Abdulloev bilan uchrashdi.

Ko'proq o'qish
lastest news image

Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka musobaqasi o‘tkazildi

Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka turi bo‘yicha guruhlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazishdan iboratdir.

Ko'proq o'qish
lastest news image

Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumida “Ustoz va murabbiylar kuni” tantanali tarzda nishonlandi

Dang‘ara tuman 1-son Politexnikumida 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda deputatlar, faxriy ustozlar va jamoa a’zolari ishtirok etib, ustozlarga ehtirom bildirildi.

Ko'proq o'qish